14 may kuni qanday ob-havo kbutilmoqda?

“O‘zgidromet” 14 may kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, payshanba kuni respublika hududida asosan yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo ochiq va barqaror bo‘lishi kutilmoqda.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, kun davomida harorat asta-sekin ko‘tarilib, ayrim hududlarda 35 darajagacha yetishi mumkin. Bu esa bahor fasli uchun nisbatan issiq ob-havo sharoitini yuzaga keltiradi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday ob-havo holati qisqa muddatli bo‘lib, shamol yo‘nalishi va atmosfera bosimidagi o‘zgarishlar keyingi kunlarda haroratga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Aholiga esa issiq havoda ehtiyot choralariga rioya qilish, quyosh ostida uzoq vaqt qolmaslik hamda ko‘proq suv iste’mol qilish tavsiya etilmoqda.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.

Prognozlarga ko‘ra, ish haftasining oxirigacha O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Havo harorati kundan kunga ko‘tariladi. 15 mayga kelib kunduzi havo 32-35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 36-38 darajagacha isiydi.