12-may kuni qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

“Oʻzgidromet” 12-may kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi mayda 23-28° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°boʻladi.

Toshkent viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 28-33°boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.