Oʻzbekistonda qurilish ishlari hajmi 15,5 foizga oʻsdi

2026-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda qariyb 64 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Qurilish ishlari hajmi yillar kesimida taqsimlanganda (yanvar-mart) 2022-yilda 24 161,6 mlrd soʻmlik, 2023-yilda 27 602,0 mlrd soʻmlik, 2024-yilda 31 058,8 mlrd soʻmlik hamda 2025-yilda 52 896,3 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 foizga oshgan.