Xitoyda Ichki Mo‘guliston hududida yangi erkin savdo pilot zonasi tashkil etildi. Mazkur zona 2026-yil 5-aprel kuni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi tomonidan rasman tasdiqlandi.
Bu Xitoyning shimoliy chegaraviy hududlarida joylashgan ilk erkin savdo zonasi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida Rossiya va Mongoliya bilan hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Shu tariqa, mamlakatdagi erkin savdo pilot zonalari soni 23 taga yetdi.
Zona umumiy maydoni qariyb 120 kvadrat kilometrni tashkil etuvchi uchta klasterni o‘z ichiga oladi: Huh-Xoto, Manchjuriya va Erlian-Xoto.
Huh-Xoto klasterida yangi energetika, yangi materiallar ishlab chiqarish hamda ekologik toza qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlarini, jumladan sut sanoatini qayta ishlash rivojlantiriladi. Manchjuriya klasteri import qilinadigan resurslarni qayta ishlash, transchegaraviy turizm va chegara infratuzilmasi xizmatlariga ixtisoslashadi. Erlian-Xoto klasterida esa xalqaro savdo, logistika va tibbiy xizmatlar rivojlantiriladi.