Hafta davomida harorat 33 darajagacha koʻtariladi

“Oʻzgidromet” 29-aprel−2-may kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 30-aprel 1-mayda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 30-aprelda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 29-aprelda 28-33 daraja, 30-aprel−2-mayda 23-28 daraja boʻladi.

Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 1-mayda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 30-aprelda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 29-aprelda 28-33 daraja, 30-aprel−2-mayda 23-28 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 29-30-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 1-2-mayda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 30-aprel−1-mayda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 29-30-aprelda 30-35 daraja, 1-2-mayda 25-30 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 29-30-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 1−2-mayda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 1-mayda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 29-aprel−1-mayda 28-33 daraja, 2-mayda 23-28 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 29-30-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 1−2-mayda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 1-mayda baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 29−30-aprelda 30-35 daraja, 1-mayda 28-33 daraja, 2-mayda 25-30 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 29-aprelda kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 30-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 1-2-mayda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 29-aprelda 26-31 daraja , 30-aprel−1-mayda 28-33 daraja, 2-mayda 23-28 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.