Oʻzbekistonliklar koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlarga ikki oyda 4,3 trln soʻm sarfladi

2026-yil yanvar–fevral oylarida koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 4,3 trln soʻmga yetgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Xizmatlar hajmi hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

  • Toshkent shahri – 2,6 trln soʻm;

  • Toshkent viloyati – 331,5 mlrd soʻm;

  • Samarqand viloyati – 212,8 mlrd soʻm;

  • Fargʻona viloyati – 179,3 mlrd soʻm;

  • Andijon viloyati – 150,5 mlrd soʻm;

  • Qashqadaryo viloyati – 124,2 mlrd soʻm;

  • Namangan viloyati – 118,8 mlrd soʻm;

  • Surxondaryo viloyati – 106,8 mlrd soʻm;

  • Buxoro viloyati – 101 mlrd soʻm

  • Xorazm viloyati – 94,7 mlrd soʻm

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 93,9 mlrd soʻm

  • Navoiy viloyati – 88 mlrd soʻm;

  • Sirdaryo viloyati – 51,6 mlrd soʻm;

  • Jizzax viloyati – 46,7 mlrd soʻm.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 foizga oʻsgan.