2026 yilda Xitoyda o‘tkazilgan “ikki sessiya” doirasida Guangdong provinsiyasidan bo‘lgan Butunxitoy xalq vakillari kengashi deputati Lyao Chjilyue Xitoy Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xua Chuninga mahalliy mahsulot — huachjuxun qo‘shilgan ledenslarni taqdim etdi.
Xua Chunin ushbu shirinlikni tatib ko‘rib, uni tomoq uchun eng yoqimli va samarali vositalardan biri sifatida baholadi.
Huachjuxun nima?
Huachjuxun o‘z nomini Guandun provinsiyasidagi Huachjou shahridan olgan bo‘lib, aynan shu hudud atrofida yetishtiriladi. U an’anaviy dorivor xomashyo hisoblanadi va “janub jensheni” nomi bilan ham mashhur. Asosan yo‘talni yengillashtirishda keng qo‘llaniladi.
Mazkur mahsulot mandarin va pomelo gibrididan olingan sitrus o‘simligining hali pishmagan mevalaridan tayyorlanadi. Uning barglari va yosh mevalari flavonoidlar hamda boshqa foydali moddalarga boy.
2024 yil avgust oyida huachjuxun dorivor va oziq-ovqat mahsulotlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan. An’anaviy tarzda u issiq suvda damlab iste’mol qilingan bo‘lsa, bugungi kunda uning asosida 200 dan ortiq turdagi mahsulotlar — dori vositalari, biologik qo‘shimchalar, oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarilmoqda.