“Oʻzgidromet” 17-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, bir oz yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja, kunduzi 14-16 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 12-17 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 15-20 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 13-18 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 13-18 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.