16-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi

“Oʻzgidromet” 16-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-11°, kunduzi 13-15° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 13-18° boʻladi.

ToshkentSirdaryoJizzaxSamarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 13-18° boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 13-18° boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 16-21° boʻladi.

AndijonNamanganFargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-20° boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baland togʻli hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° iliq boʻladi.