“Oʻzgidromet” 15-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16 daraja, kunduzi 16-18 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 10-15 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 15-20 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi,baʼzi joylarda kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Baland togʻli hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.