Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning Oʻzbekistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning Oʻzbekistonga amaliy tashrifi yakunlandi.

Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Oliy martabali mehmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Bahouddin Naqshband maqbarasi va qadimiy Buxoroning tarixiy yodgorliklarini ziyorat qildi.

Yetakchilar viloyat hokimligining situatsion markazi, sunʼiy intellekt boʻyicha loyihalar va sanoat korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.

Tadbirlar yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari kuzatib qoʻydi.

Shu bilan Prezidentimiz Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.