Oʻzbekistonda 991 ta dorixona narxlarni asossiz oshirgani aniqlandi

06.04.2026 12:05 O'zbekiston 2009 ipaknews SSV

Oʻzbekistonda 991 ta dorixona narxlarni asossiz oshirgani aniqlandi. Bu haqda qoʻmitaning ijtimoiy tarmoqlarida maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirish holatlari boʻyicha huquqbuzarliklar Soliq organi tizimida aniqlanib, qoʻmitaning “Fair Tech” yagona axborot tizimiga xabar yuborish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.

2025–2026-yillarda qoʻmitaning “Fair Tech” yagona axborot tizimiga kelib tushgan xabarlar asosida belgilangan tartibda choralar koʻrilmoqda. Jumladan, 991 ta dorixonada (152 ta ulgurji va 839 ta chakana) 414 305 ta holatda 8,5 mlrd soʻm miqdorida asossiz daromad olingani aniqlanib, isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan va isteʼmolchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash choralari koʻrilgan.

Bundan tashqari, litsenziya talablarini buzish holatlari boʻyicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim etilgan.