Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan kiyim ishlab chiqarish korxonalari soni ochiqlandi

Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan kiyim ishlab chiqarish korxonalari soni toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, 2026-yilning 1-fevral holatiga koʻra, Oʻzbekistonda kiyim ishlab chiqarish sohasida 6 ming 73 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, mavjud korxonalarning oʻsish surati yillar kesimida hisoblaganda 2022-yil 11 306 ta, 2023-yil 11 701 ta, 2024-yil 7 572 ta, 2025-yil 5 598 ta hamda 2026-yil 6 073 tani tashkil qilgan.