Yangi hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

“Oʻzgidromet” 4-aprel kuniga qadar kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 31-martda va 2-3-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 1 va 4-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31-martda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-mart-4-aprelda 10-15° iliq, kunduzi 29-30-martda 20-25° iliq, 31-mart-4-aprelda 23-28° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 1-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 2-4-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31-martda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29-mart-4-aprelda 12-17° iliq, kunduzi 29-martda 20-25° iliq, 30-martda va 1-4-aprelda 23-28° iliq, 31-martda 25-30° iliq boʻladi.

ToshkentSirdaryo, JizzaxSamarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. 29-mart-4-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-aprelda 12-17° iliq, 4-aprelda 10-15° iliq, kunduzi 29-30-martda va 4-aprelda 20-25° iliq, 31-mart-3-aprelda 23-28° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, faqat 2 va 4-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29-mart-4-aprelda 12-17° iliq, kunduzi 29-mart-4-aprelda 23-28° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi. 29-martda va 31-mart-4-aprelda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29-mart-4-aprelda 12-17° iliq, kunduzi 29-30-martda 20-25° iliq, 31-mart-4-aprelda 22-27° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq boʻladi, kunduzi 17-22° iliqdan 10-15° iliqqacha oʻzgarib turadi.