Poytaxtdagi bir qator koʻchalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahrida duatlon boʻyicha Oʻzbekiston chempionati hamda “International Tashkent Marathon – 2026” tadbirlari oʻtkazilishi munosabati bilan ayrim koʻchalarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi.
Jumladan, 28-mart soat 08:00 dan 12:00 gacha:
- Yangi Oʻzbekiston koʻchasi — CAU universiteti oldida Parkent avtomagistraligacha.

3-aprel soat 16:00 dan 5-aprel 14:00 gacha:
- Afrosiyob koʻchasi — I.Karimov koʻchasi kesishmasidan Beshyogʻoch koʻchasi kesishmasigacha.

5-aprel soat 02:00 dan 13:00 gacha:
- Beshyogʻoch koʻchasi — Furqat koʻchasi kesishmasidan I.Karimov koʻchasi kesishmasigacha;
- Afrosiyob koʻchasi — I.Karimov koʻchasi kesishmasidan Sh.Rashidov koʻchasi kesishmasigacha:
- Sh.Rashidov koʻchasi — Afrosiyob koʻchasi kesishmasidan I.Karimov koʻchasi kesishmasigacha;
- Afrosiyob koʻchasi — Sh.Rashidov koʻchasi kesishmasidan Shahrisabz koʻchasi kesishmasigacha;
- Shahrisabz koʻchasi — Afrosiyob koʻchasi kesishmasidan A.Temur shoh koʻchasi kesishmasigacha;
- Oybek koʻchasi — Shahrisabz koʻchasi kesishmasidan Nukus koʻchasi kesishmasigacha;
- Nukus koʻchasi — Oybek koʻchasi kesishmasidan Istiqbol koʻchasi kesishmasigacha;
- Abdulla Qodiriy koʻchasi — Istiqbol koʻchasi kesishmasidan Abay koʻchasi kesishmasigacha.

Haydovchilardan ushbu cheklovlarni inobatga olib, harakat yoʻnalishlarini oldindan rejalashtirish soʻralgan.