Oʻzbekistonliklar yanvar oyida yashash va ovqatlanish uchun 13,8 trln soʻm sarfladi

2026-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi qariyb 13,8 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Mazkur turdagi xizmatlarning hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha taqsimlangan:

  • Toshkent shahri — 2,6 trln soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati — 1,7 trln soʻm;
  • Samarqand viloyati — 1,7 trln soʻm;
  • Namangan viloyati — 1,4 trln soʻm;
  • Fargʻona viloyati — 1,3 trln soʻm;
  • Toshkent viloyati — 987,8 mlrd soʻm;
  • Andijon viloyati — 860,8 mlrd soʻm;
  • Xorazm viloyati — 715,1 mlrd soʻm;
  • Buxoro viloyati — 692,7 mlrd soʻm;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 683,7 mlrd soʻm;
  • Surxondaryo viloyati — 556,6 mlrd soʻm;
  • Navoiy viloyati — 478,6 mlrd soʻm;
  • Jizzax viloyati — 384,1 mlrd soʻm;
  • Sirdaryo viloyati — 243,3 mlrd soʻm.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 27,1 foizga oshgan.