“Oʻzgidromet” 15-22-mart kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 21-22-martda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-17-martda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-16-martda 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, 17-20-martda 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-21-martda 10-15 daraja iliq, 22-martda 12-17 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 18 va 21-22-martda ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 16-17-martda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-22-martda kechasi 8-13 daraja iliqqacha, kunduzi 17-22 daraja iliqqacha koʻtariladi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 15-16-martda 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, 17-20-martda 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-21-martda 10-15 daraja iliq, 22-martda 12-17 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 18-19 va 21-22-martda ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-martda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq; 17-martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq; 18-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 19-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 20-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; 21-22-martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, faqat 16 va 20-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 17-martda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi, 15-17-martda kechasi 7-12 daraja iliqqacha, kunduzi 18-23 daraja iliqqacha koʻtariladi; 18-martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 19-martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq; 20-martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq; 21-22-martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 19 va 21-22-martda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 15-martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi, 16-22-martda kechasi 7-12 daraja iliqqacha, kunduzi 17-22 daraja iliqqacha koʻtariladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, faqat 16-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-martda 0-5 daraja sovuq boʻladi, 16-18-martda 3-8 daraja iliqqacha koʻtariladi, kunduzi 15-18-martda 5-10 daraja iliq, 19-22-martda 10-15 daraja iliq boʻladi.