Namangan tumanida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda fuqaro X.M. “Qumqoʻrgʻon” MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga hisoblagichdan tashqari elektr jihozlari va suv nasoslarini oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, jami 685,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.