Joriy yilning 9-12-mart kunlari Oʻzbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 9-11-martda Oʻzbekiston boʻyicha vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda qorga aylanadi) boʻladi. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
10-12-mart kunlari havo harorati: respublika shimolida kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha, qolgan hududlarda 11-12-martda: kechalari 0-3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi.