13 nafar yurtdoshimiz Erondan Turkmaniston orqali Vatanga qaytdi

13 nafar Oʻzbekiston fuqarosi Erondan Turkmaniston orqali vatanga qaytarildi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, Oʻzbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi mamlakatimizning Eron Islom Respublikasidagi vakolatxonasi va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi va boshqa vakolatli idoralari bilan hamkorlikda yurtdoshlarimizni chegarada kutib olish, viza va transport masalalarini hal etish hamda Vatanga qaytarish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Jumladan, Turkmaniston davlat idoralarining koʻmagida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasida Ashxobod shahridagi elchixonamiz xodimlari 13 nafar fuqarolarimizni “Saraxs” turkman–eron chegara posti orqali Oʻzbekistonga xavfsiz kuzatib qoʻyilgan.

Shu yilning 2-mart kunidan fuqarolar va transport vositalari oʻtishi uchun turkman–eron davlat chegarasining “Gaudan–Bajgiran”, “Artik–Lyutfabad”, “Akyayla–Incheburun” va “Oltin Asir–Incheburun” nazorat-oʻtkazish punktlari faoliyati ham qayta tiklangan.

Maʼlum qilinishicha, Elchixona xodimlari mamlakatimiz fuqarolarini Turkmaniston–Eron chegarasidagi “Gaudan–Bajgiran” nazorat-oʻtkazish punktida kutib olmoqda. Oʻzbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi avtotransport vositalari safarbar etilgan.

Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi xodimlarining telefon raqamlari:

  • +993 64 78-04-44 – Jasur Ashurov
  • +993 64 99-34-58 – Jamshid Buriyev
  • +993 62 20-49-56 – Jasur Axmedov (konsul)