“Buxoro — Moskva” yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilayotgan HY9607 reysi Aktobe shahriga qoʻshimcha qoʻnishni amalga oshirdi. Bu haqida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 27-fevral kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining “Buxoro — Moskva (Vnukovo)” yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilayotgan HY9607 reysi bortdagi yoʻlovchilardan birining sogʻligi yomonlashgan.
Shundan soʻng, ushbu holat sababli samolyot oʻzgartirilgan marshrut boʻyicha parvoz qilgan hamda Aktobe shahriga qoʻshimcha qoʻnishni amalga oshirgan. Yoʻlovchi tibbiyot xodimlariga topshirilgan.
“Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va bizni toʻgʻri tushunasiz deb umid qilamiz”, — deyiladi aviakompaniya bayonotida.