Samarqand xalqaro aeroportida 61,5 mln soʻmlik zargarlik buyumlari toʻxtatib qolindi

Samarqand xalqaro aeroportida 61,5 mln soʻmlik zargarlik buyumlari toʻxtatib qolindi. Bu haqida Samarqand shahar hokimligi xabar berdi.

Samarqand xalqaro aeroportiga “Vnukovo-Samarqand” aviareysi bilan uchib kelgan yoʻlovchi “yashil” yoʻlakni tanlab bojxona nazoratidan oʻtayotganda, unga tegishli bagaj va qoʻl yuklarida shubhali buyumlar borligi sababli xodimlar tomonidan “qizil” yoʻlakka yoʻnaltiriladi.

Tekshiruv davomida xodimlar yoʻlovchining sumkasidan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan hamda bojsiz olib kirish meʼyoridan ortiqcha, taxminiy qiymati 61,5 mln soʻmlik, ogʻirligi 61,54 gramm zargarlik buyumlari borligini aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan bojxonachilar tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirildi hamda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.