Navro‘z bayrami uchun Toshkentda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi

18.03.2024 00:00 O'zbekiston 6
 Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari poytaxtning 11 ta tumanida tashkil qilindi. 
 
 
 Navro‘z bayrami arafasida Toshkent shahrining bir qancha bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi. 
 Ularning ro‘yxati quyidagicha: 
 — Bektemir tumani — “Qo‘yliq dehqon bozori” AJ. 
 — Mirobod tumani — “Mirobod dehqon bozori” AJ; 
 — Mirzo Ulug‘bek tumani — “Navro‘z dehqon bozori” AJ; 
 — Sergeli tumani — “Sergeli dehqon bozori” AJ; 
 — Olmazor tumani — “Qora Qamish dehqon bozori” AJ; 
 — Uchtepa tumani — “Farhod dehqon bozori” AJ; 
 — Shayxontohur tumani — “Eski Juva dehqon bozori” AJ; 
 — Yashnobod tumani — “Aviasozlar dehqon bozori” AJ; 
 — Yunusobod tumani — “Yunusobod dehqon bozori” AJ va “Oloy dehqon bozori” AJ; 
 — Yakkasaroy tumani — “Askiya dehqon bozori” AJ; 
 — Chilonzor tumani — “Chilonzor dehqon bozori”AJ. 
 Dam olish kunlari bozor hududida bayramona madaniy dasturlarini tashkillashtirish ham rejalashtirilgan. Dehqon bozorlari 21 mart kuni ham ishlaydi.