Yangi hafta boshida ob-havo qanday boʻlishi aytildi

“Oʻzgidromet” 22-25-fevral kuni kutilayotgan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 22-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 23-24-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 25-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22 va 25-fevralda 3° sovuq-2° iliq, 23-24-fevralda 0-5° iliq, kunduzi 22-23-fevralda 10-15° iliq, 24-fevralda 5-10° iliq, 25-fevralda 1-6° iliq boʻladi.

Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 22-23-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 24-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 25-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22 va 25-fevralda 3° sovuq-2° iliq, 23-24-fevralda 0-5° iliq, kunduzi 22-23-fevralda 10-15° iliq, 24-fevralda 5-10° iliq, 25-fevralda 1-6° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 22-23-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 24-fevralda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 25-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22 va 24-25-fevralda 3-8° iliq, 23-fevralda 5-10° iliq, kunduzi 22-fevralda 13-18° iliq, 23-24-fevralda 15-20° iliq, 25-fevralda 8-13° iliq; Navoiy viloyati shimolida kechasi 22 va 25-fevralda 3° sovuq 2° iliq, 23-24-fevralda 0-5° iliq, kunduzi 22-23-fevralda 10-15° iliq, 24-fevralda 5-10° iliq, 25-fevralda 1-6° iliq boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 23-24-fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 25-fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 23-24-fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq; 25-fevralda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-fevralda 5-10° iliq, 23-25-fevralda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 22 va 24-25-fevralda 10-15° iliq, 25-fevralda 13-18° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-fevralda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 23-24-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 25-fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq boʻladi.