2025-yilda Oʻzbekistonda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 82 386 tani tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni quyidagicha taqsimlangan:
- Toshkent shahrida – 18 450 ta;
- Toshkent viloyatida – 8 556 ta;
- Xorazm viloyatida – 7 277 ta;
- Samarqand viloyatida – 6 548 ta;
- Fargʻona viloyatida – 6 417 ta;
- Qashqadaryo viloyatida – 4 825 ta;
- Surxondaryo viloyatida – 4 752 ta;
- Andijon viloyatida – 4 638 ta;
- Buxoro viloyatida – 4 401 ta;
- Namangan viloyatida – 4 278 ta;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 3 602 ta;
- Jizzax viloyatida – 3 586 ta;
- Navoiy viloyatida – 2 891 ta;
- Sirdaryo viloyatida – 2 165 ta.