Xitoyning Guanchjou shahrida tashkil etilgan 135-Canton Fair yarmarkasining bahorgi mavsumi o‘z ishini yakunladi.
Foto: "Dunyo" AA
"Dunyo" axborot agentli xabar qilishicha, ko‘rgazmada O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida yurtimizdagi 14 ta eksportyor korxonalarning ishtiroki va ular tomonidan ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar namoyishi tashkil etildi. Mamlakatimiz stendida elektrotexnik, qishloq xo'jaligi, qayta ishlangan va quritilgan meva-sabzavotlar, qandolat va go'sht mahsulotlari namoyish qilindi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va iste'mol mahsulotlariga ko'plab xitoyliklar hamda xorijiy importyorlar katta qiziqish bildirishdi.
Ta'kidlash kerakki, joriy yarmarkada 215 mamlakatdan va Xitoy hududlardan 246 ming kishi keldi. Navbatdagi 136-Canton Fair yarmarkasi shu yilning 15-oktyabr - 4-noyabr kunlari Guanchjouda uch bosqichda o'tkaziladi.