O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 8-9-may kunlari Islomobodga rasmiy tashrifi davomida Pokiston Xalq partiyasi raisi Bilaval Bhutto Zardoriy bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining telegramdagi sahifasida ma'lum qilgan.
![]()
"Pokistonga tashrifimiz chog‘ida Pokiston Xalq partiyasi raisi Bilaval Bhutto Zardoriy janoblari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdik. Uning O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi do‘stlikni har tomonlama mustahkamlash yo‘lidagi harakatlarni samimiy qo‘llab-quvvatlashini yuksak qadrlaymiz. – deb yozgan Baxtiyor Saidov
Eslatib o‘tamiz avvalroq Baxtiyor Saidov Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uchrashgan edi.