Ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistoni Oliy sudining Oy koʻrish qoʻmitasi Ramazon hiloli koʻringani, shu munosabati bilan Ramazon oyining birinchi kuni 18-fevraldan boshlanishini maʼlum qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi yuzaga kelgan ushbu vaziyat yuzasidan tushuntirish berdi.
Bildirilishicha, joriy yil 17-fevral kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolari hijriy 1447-yil Ramazon oyi hiloli koʻrinmagan. Shuningdek, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti taqdim etgan maʼlumoti ham mazkur kuzatishlarni tasdiqlagan.
“Shu bois, joriy yil 18-fevral kunini hijriy 1447-yil Shaʼbon oyining oʻttizinchi kuni, Ramazon oyining birinchi kuni esa shu yilning 19-fevral kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qilindi”, deyiladi idora xabarida.
Qayd etilishicha, quyidagi aksar musulmon mamlakatlari ham Ramazon oyining birinchi kunini shu yilning 19-fevral kuni, deb eʼlon qilgan:
• Misr Arab Respublikasi;
• Iordaniya;
• Suriya;
• Iroq;
• Eron;
• Turkiya;
• Qozogʻiston;
• Qirgʻiziston;
• Tojikiston;
• Turkmaniston;
• Ozarbayjon;
• Indoneziya;
• Bruney;
• Ummon;
• Singapur;
• Avstraliya;
• Yaponiya;
• Pokiston;
• Hindiston;
• Malayziya;
• Janubiy Koreya.
Shuningdek, Yevropa fatvo va tadqiqotlar kengashi tomonidan joriy yil 19-fevral kunini Ramazon oyining birinchi kuni, deb eʼlon qilindi.