Oʻzbekistonda mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga 20 trln soʻm yoʻnaltiriladi

Joriy yilning 16-fevral kuni Prezidentning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PF–22-son farmoni qabul qilindi. Hujjat bilan mahallani rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan ustuvor islohotlarning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.

Xususan, mahallalarda 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish loyihalarini ishga tushirish orqali qoʻshimcha 100 mingta yangi ish oʻrnini yaratiladi. Mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga 20 trln soʻm mablagʻ yoʻnaltirib, ularga Yangi Oʻzbekiston qiyofasi olib kiriladi.

Shuningdek, kasblarni rivojlantirish boʻyicha ustuvor islohotlar amalga oshiriladi. Jumladan, 2026/2027 oʻquv yilidan 7 ta hududda ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar shaharchalari” tashkil etiladi. Ular orqali maktab oʻquvchilarini zamonaviy kasblarga yoʻnaltiriladi.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya toʻlash amaliyotini yoʻlga qoʻyiladi. Bundan tashqari, hududlarda 24 ta malakani baholash markazlarini tashkil etib, mehnat bozorida tan olinadigan sertifikat berishni joriy etish.