Davlatimiz rahbari saxovat, mehr-oqibat va shukronalik oyi Ramazonda ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini taʼminlash, aholiga qulayliklar yaratishga alohida eʼtibor qaratdi. Shu maqsadda tegishli idora va tashkilotlarga zarur topshiriqlar berildi.Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Prezident topshirigʻi ijrosi doirasida Muborak oy munosabati bilan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etildi.
Termiz shahridagi “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozori hududidagi yarmarkada mahalliy ishlab chiqaruvchilarning turli turdagi mahsulotlari arzon narxlarda sotuvga chiqarildi. Barcha mahsulotlarning sifati va xavfsizligi boʻyicha nazoratga olingan, narxlar esa aholi uchun qulay darajada belgilangan.
— Bozor juda obod va tartibli. Mahsulotlar ham sifatli. Eng muhimi, narxlari hamyonbop. Bu yerdan barcha zarur mahsulotlarni topish mumkin. Bunday qulayliklarni yaratgan masʼullardan minnatdormiz, — deydi Gulchehra Abdullayeva.
Yarmarka faqat narxlarni barqarorlashtirish bilan ch