Texnik muammolar sabab Olmaotadan Toshkentga uchgan samolyot ortga qaytarildi.
“Air Astana” aviakompaniyasiga tegishli KC-127 yoʻlovchi reysi Olmaotadan Toshkentga uchgan. Biroq ekipaj texnik muammolar tufayli Olmaota uchish aeroportiga qaytishga qaror qilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu reysda bugun, 15-fevral kuni Toshkent shahridagi Yunusobod sport majmuasida konsert berishi kerak boʻlgan mashhur rossiyalik qoʻshiqchi Basta ham boʻlgan. Rejalashtirilgan konsert dasturi, 17-fevral kuniga qoldirilgan.