Poytaxtda “Cobalt” va “Monza” ishtirokida YTH sodir boʻldi

Poytaxtda “Cobalt” hamda “Monza” avtomobillari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqida Toshkent shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, holat kecha, 14-fevral kuni soat 20:55 larda Mirobod tumani Sarikoʻl-Eski zamon koʻchalari chorrahasida sodir boʻlgan.

Unda haydovchi 2002-yilda tugʻilgan D.E. boshqaruvida boʻlgan “Cobalt” rusumli avtomobili hamda haydovchi 1985-yilda tugʻilgan J.M. boshqaruvidagi “Monza” rusumli avtomobillari toʻqnashib ketgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ushbu YTH natijasida “Cobalt” hamda “Monza” rusumli avtomobillarning 1 nafardan yoʻlovchilariga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.