2025-yilda Oʻzbekistonda 13,7 mln tonna sabzavot yetishtirildi

13.02.2026 18:00 O'zbekiston 3351 ipaknews.uz

2025-yilda respublikadagi barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 13,7 mln tonna sabzavot yetishtirilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Hududlar kesimida yetishtirilgan sabzavotlar hajmi quyidagicha taqsimlangan:

  • Andijon viloyati – 2 089 165 tonna;
  • Samarqand viloyati – 1 686 136 tonna;
  • Fargʻona viloyati – 1 616 016 tonna;
  • Surxondaryo viloyati – 1 451 656 tonna;
  • Toshkent viloyati – 1 378 833 tonna;
  • Buxoro viloyati – 1 190 463 tonna;
  • Namangan viloyati – 1 163 885 tonna;
  • Xorazm viloyati – 737 123 tonna;
  • Qashqadaryo viloyati – 663 909 tonna;
  • Jizzax viloyati – 559 047 tonna;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 419 043 tonna;
  • Navoiy viloyati – 413 048 tonna;
  • Sirdaryo viloyati – 352 921 tonna;
  • Toshkent shahri – 1 557 tonna.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 1,2 foizga oshgan.