Samarqandda 1 kg opiyni 150 mln soʻmga sotmoqchi boʻlgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqandda 1 kg opiyni 150 mln soʻmga sotmoqchi boʻlgan shaxs qo‘lga olindi

24.06.2024 00:00 O'zbekiston 6

Samarqand viloyati Urgut tumanida opiy giyohvandlik moddasini sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda "Xalq so‘zi" onlayn nashri viloyat IIB axborot xizmatiga tayanib xabar berdi.

d1142a59f51450992fea54f4e36bdcd20622

Foto: xs.uz

Qayd etilishicha, viloyat IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan. 
Unda 47 yoshli fuqaro 1 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini xaridorga 150 million soʻmga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Surishtiruv ishlari davomida mazkur shaxsning vaqtincha yashash manzili yotoqxonasidan gashish va opiy saqlab kelayotgani maʼlum boʻlgan.

«Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar tergov boshqarmasiga topshirilgan, holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda», deyiladi xabarda.