Qor koʻchkisi xavfi sababli “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 12-fevral kuni soat 13:00 dan A-373 Xalqaro avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan.
Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan keng koʻlamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
“Qamchiq” dovonini qayta ochilishi boʻyicha vazirlik axborot xizmati qoʻshimcha maʼlumot taqdim etishi aytildi.