“Oʻzgidromet” 11-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qor yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja sovuq boʻladi.
Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qor yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, choʻl hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq; choʻl hududlarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq boʻladi.