26-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublikaning togʻli hududlarida 26-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi.

“Oʻzgidromet” 26-yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi, yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1-3 daraja sovuq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikada 26-28-yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 26-28-yanvarda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Xorazm viloyatida 26-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 27-28-yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 26-28-yanvarda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida 26-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyati shimoliy hududlarida baʼzi joylarda qor yogʻishi mumkin. 27-28-yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida 26-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 27-28-yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 26-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 27-28-yanvarda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida 26-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 27-28-yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 27-28-yanvarda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Respublikaning togʻli hududlarida 26-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. 26-yanvarda qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.