Toshkentdan Termizga uchgan “Silk Avia” aviakompaniyasining US-751 reysi ortga qaytishga majbur boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, “Silk Avia” aviakompaniyasining US-751 reysi Termizdagi yomon ob-havo sharoiti tufayli joʻnash aeroporti, yaʼni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytishga qaror qilgan.
Maʼlumot uchun, bugun, 22-yanvar kuni respublikamiz boʻylab ayrim hududlarda kuchli qor yogʻishi kuzatilmoqda. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash va mumkin boʻlgan koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida poytaxt aholisi va mehmonlarini hushyorlikka chaqirgandi.