Yaponiyaning shimolida sodir boʻlgan 7,5 magnitudali zilzila oqibatida kamida 30 kishi jarohatlangan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sanae Takaiti maʼlum qildi, bu haqda "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.
Takaiti halok boʻlganlar yoki bedarak yoʻqolganlar haqida hozircha maʼlumot yoʻqligini taʼkidladi.
— Biz odamlar kundalik hayotini davom ettirishini istaymiz, biroq kuchli takroriy yer silkinishlari yuz bergan taqdirda darhol evakuatsiyaga tayyor turish zarur, — dedi u.
Zilzila 8-dekabr kuni tunda, Yaponiyaning shimoliy prefekturasi Aomorining sharqida sodir boʻlgan. Epitsentr Tinch okeanida joylashgan, oʻchoqning chuqurligi 50 kmni tashkil etgan.
Yer silkinishidan soʻng mamlakatning sharqiy va shimoli-sharqiy qirgʻoqboʻyi hududlari uchun sunami xavfi eʼlon qilindi. Seysmologlar Aomori, Ivate va Xokkaydo prefekturalari sohillariga uch metr balandlikdagi toʻlqin kelishi mumkinligini ogohlantirgan.
Zilzila Yaponiyaning sharqiy va shimoli-sharqiy hududlarida temir yoʻl transporti ishida uzilishlar keltirib chiqargan.