Eron AQSHga yadroviy muzokaralarni qayta boshlash shartini aytdi

Bu fikrlarni Eron Oliy Rahnamosining tashqi siyosat boʻyicha maslahatchisi aytib oʻtgan

20.11.2025 19:00 Dunyo 1932 Dunyo

 Agar AQSH hurmat koʻrsatsa, Eron yadroviy muzokaralarni qayta boshlashga tayyor. Bu fikrlarni Eron Oliy Rahnamosining tashqi siyosat boʻyicha maslahatchisi Kamol Xarrazi aytib oʻtdi, deb xabar bermoqda “Xalq so‘zi” nashri veb sayti.https://xs.uz/uz/post/eron-aqshga-yadrovij-muzokaralarni-qajta-boshlash-shartini-ajtdi-2

“Ular biz belgilagan shartlar asosida biz bilan muloqot qilishga tayyor ekanliklarini koʻrsatish uchun birinchi qadamni qoʻyishlari kerak”, — deydi eronlik diplomat.

Shu oʻrinda Xarrazi ikki mamlakat oʻrtasidagi muzokaralar “tenglik va oʻzaro hurmat” tamoyillari asosida olib borilishi kerakligini taʼkidladi.

Avvalroq, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi Tehronda iyun oyidagi AQSH hujumlaridan 400 kilogramm 60 foiz boyitilgan uranning qancha qismi “omon” qolgani haqida aniq maʼlumotlar yoʻqligini aytgan edi.