“Melissa” tropik boʻroni oqibatida kamida 34 kishi halok boʻlgan. Bu haqda “The Independent” nashriga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.
Gaiti hukumati suv toshqinlari natijasida 25 kishining oʻlimi haqida maʼlum qilgan. Yamaykada sakkiz kishi, Dominikan Respublikasida esa bir kishi halok boʻlgan.
Hozirda dovul ikkinchi toifaga pasaygan boʻlsada, Kuba meteorologiya instituti mamlakatda kuchli yomgʻirlar, shamol va dengiz toʻlqinlari xavfi saqlanib qolayotganini bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, 29-oktyabr kechasi “Melissa” Kubaning sharqiy qirgʻoqlariga yetib kelgan edi. Prezident Migel Dias-Kanel maʼlum qilishicha, dovul yaqinlashayotgani sabab mamlakat boʻylab 735 mingdan ortiq fuqaro evakuatsiya qilingan.