Shimoliy Koreya uglerod tolalari bilan mustahkamlangan kompozit materialdan foydalangan holda yuqori quvvatli qattiq yoqilgʻida ishlaydigan raketa dvigatelining yer sinovidan oʻtkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, sinovni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ham kuzatgan. Bu dvigatelning toʻqqizinchi va oxirgi sinovi. Qayd etilishicha, ushbu ishlanma mudofaa sektorini modernizatsiya qilish uchun strategik ahamiyatga ega hamda mamlakatning strategik yadroviy qurolli kuchlarini kengaytirish va mustahkamlashda katta oʻzgarishlarni turtki beradi.
Avvalroq Shimoliy Koreya olimlari “Xvason” qitʼalararo ballistik raketasi uchun yangi dvigatel ishlab chiqqani haqida xabar berilgandi. Uglerod tolalari bilan mustahkamlangan kompozit materiallarga ega eng yangi qattiq yonilgʻi dvigatelining maksimal quvvati 1960 kilonyutonni tashkil etishi aniqlandi.