11
11

Pekinda SHHT mamlakatlari madaniy merosi ko‘rgazmasi ochildi

Ko‘rgazmada 10 davlatdan 220 ta noyob eksponat namoyish etilmoqda

Pekin shahrida SHHTga a’zo davlatlar muzeylaridagi qimmatli eksponatlar ishtirokidagi madaniy meros ko‘rgazmasi ochildi. Tadbir Xitoyning Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, 16-noyabrgacha Milliy muzeyda davom etadi.

Ko‘rgazmada SHHTga a’zo davlatlarning 10 muzeyidan olingan 220 ta noyob madaniy yodgorlik namoyish etilmoqda. Ular qadimiy sivilizatsiyalarning rivojlanish tarixi hamda xalqlar o‘rtasidagi tarixiy almashinuv va hamkorlikni aks ettiradi.

Milliy muzey ilmiy xodimi Van Chjitszyan ko‘rgazma SHHT mamlakatlarining boy madaniy merosini va qadimiy Ipak yo‘li orqali shakllangan madaniy muloqot jarayonini yoritishini ta’kidladi.