Oʻzbekistonda chikungunya bezgagi tarqalmaydi — Sanepidqoʻmita

Chivin chaqishi orqali yuqadigan chikungunya virusi xorijda tez surʼatda tarqalmoqda

06.08.2025 16:11 O'zbekiston 167

Xitoyda koʻpaygan chikungunya bezgagi Oʻzbekistonda tarqalmaydi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasiga tayanib "Xalq so‘zi" nashri veb sayti xabar berdi.

Chivin chaqishi orqali yuqadigan chikungunya virusi Xitoyda tez surʼatda tarqalmoqda. Ushbu kasallikni yuqtiruvchi “Aedes aegypti” yoki “Aedes albopictus” turidagi chivinlar Oʻzbekistonda hududida uchramaydi. Virus isitmasi dastlab joriy yilning 2-avgust kuni Gonkongda aniqlangan va bemor 12 yoshli bola boʻlgan.

Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi haftalarda Xitoyning Guandun provinsiyasida chikungunya bilan bogʻliq 7 mingdan ortiq holat qayd etilgan, ularning aksariyati janubiy Foshan shahrida. Kasallikka chalinganlar virus aniqlanmaguncha shifoxonada karantinda saqlanmoqda.

Bundan tashqari, Amerika qitʼasida ham 209 mingdan ortiq chikungunya holati kuzatilgan. Eng yuqori koʻrsatkichlar Braziliyada qayd etilgan.

Taʼkidlash joiz, chikungunya virusi birinchi marta 1952-yilda Tanzaniyada aniqlangan. Keyinchalik u Afrika va Janubi-sharqiy Osiyoga tarqalgan. Hozirda bu virus 110 dan ortiq davlatda qayd etilgan.