Qirg’izistonda sodir bo’lgan zilzila kuchi Namanganning 2 ta hududida sezildi
foto:getty Image
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, bugun Toshkent vaqti bilan 03:43 da (03.04.2024 yil, Grinvich bo'yicha 22:43 da) Qirg'izistonda zilzila sodir bo'ldi.Zilzila koordinatalari: 41,88 gradus shimoliy kenglik; 72,24 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4 Chuqurlik 5 km. Zilzila episentri Toshkentdan 261 km shimoliy-sharqda.
O'zbekiston hududida sezilish kuchi:
Yangiqo'rg'on tumanida 2 ball, 81 km.
Chortoq tumanida 2 ball, 91 km.