13-14-iyun kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Ostona” xalqaro forumini 2025-yilga ko‘chirildi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ma'lum qildi.
Tengrinews saytidan olingan surat
“Qozog‘istonda yuz bergan toshqin va vayronagarchilik oqibatlarini bartaraf etish, mamlakat fuqarolariga yordam ko‘rsatish maqsadida mablag‘larni iqtisod qilish vaziyatidan kelib chiqib, “Ostona” xalqaro forumini o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildim, — deya yozgan To‘qayev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, xalqaro forum 13-14-iyun kunlari poytaxtda Ostona shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.