Senat Raisi boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Bishkek shahrida oʻtkazilgan Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti yigʻilishida ishtirok etdi

25.05.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 4

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Bishkekda «Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotida ayollarning roli: raqamli, ijtimoiy va ekologik innovatsiyalarni ilgari surish uchun yetakchilik» mavzusidagi Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti yigʻilishida ishtirok etdi.

ffec54451329ebe8322f12b6c0041e3a0524

Foto: xs.uz

Anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlarining aʼzolari, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari, davlat organlari, xalqaro va nodavlat tashkilotlari, biznes va ekspert hamjamiyatlari vakillari qatnashdi.

2021-yilda Oʻzbekiston tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu Muloqot mintaqadagi yetakchi ayollar oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlashda muhim platforma hisoblanadi. 2021–2023-yillarda Muloqotga Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qozogʻiston raislik qilgan.

Tadbirda «Kreativ iqtisodiyot: Markaziy Osiyoning innovator va ixtirochi ayollari – yangi yechimlar», «Yashil» iqtisodiyot: Ijtimoiy va ekologik innovatsiyalarni ilgari surishda ayollarning roli» hamda «Raqamli iqtisodiyot: Ayollar va raqamli yechimlar» kabi mavzular koʻrib chiqildi.

8583bf2ed3d110cccfaa08f28db5c1c20524

Foto: xs.uz

Ushbu yoʻnalishlarda mintaqaviy hamkorlik yuzasidan takliflar qizgʻin muhokama qilindi, davlatlardagi ijobiy tajribalar bilan oʻrtoqlashildi hamda birgalikda amalga oshiriladigan choralar yuzasidan kelishib olindi.

Shuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan Qirgʻiziston raisligi davrida 2024-yilga moʻljallangan Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti boʻyicha Harakatlar rejasi tasdiqlandi.