Dushanbeda “Tyan-Shanga yoʻl” xalqaro konferensiyasi boshlandi

30.05.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 3

“Tyan-Shanga yoʻl” – shu nom ostida bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida mamlakat transport vazirligi hamda BMTning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiya boshlandi. Bu haqda "Gov.uz" - O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida xabar qilindi.

8e0dd0b7-d512-e39c-c47a-66641a730024_lists_slider_

Foto: Gov.uz

Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov boshchiligida mamlakatimiz delegatsiyasi vakillari ham qatnashmoqda.

Anjumanda Markaziy Osiyo, MDH va Yevropa Ittifoqi davlatlari oʻrtasida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalar muhokama etilmoqda. 

e2e9c6d1-603d-8a39-4d39-e535ae8a76d5_lists_slider_

Foto: Gov.uz

Konferensiyada transport vaziri I.Maxkamov zamonaviy sharoitda davlatlarning transport sohasidagi o'zaro hamkorligi kafolatlangan va to'siqsiz tashuvlarni ta'minlashga qaratilgan bo'lishi lozimligini qayd etib o'tdi.