Tojikistonda soxta nogironlar hibsga olinmoqda

17.07.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 5

1376815_0_0_1500_844_2072x0_60_0_0_7af718f9d0b95d392ede88c2b494f34f

foto:uzsputnik.news

Tojikistonda o‘zini nogironday ko‘rsatib, tilanchilik bilan shug‘ullanib kelgan shaxslarga qarshi kurash boshlandi. Bu haqda “Sputnik Tojikiston” xabar berdi.

Tekshiruvlar davomida Dushanbe Ichki ishlar vazirligi xodimlari 1990-yilda tug‘ilgan Vahdat shahrida yashovchi, o‘zini nogiron deb tanishtirgan va tilanchilik bilan shug‘ullangan jismoniy sog‘lom, mehnatga layoqatli shaxsni aniqlagan. 

Bundan tashqari, g‘ildirakli aravachada o‘zini nogiron qilib ko‘rsatib, yo‘lda tilanchilik qilayotgan 1966-yilda tug‘ilgan Hisor fuqarosi ham qo‘lga olingan.

Har ikki fuqaro bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida avvalroq rasmiy ogohlantirilganiga qaramay, bunga rioya qilmagan. Natijada ikkalasi ham 5 kundan 15 kungacha qamoqqa olingan.