Markaziy Osiyoda afg‘on mahsulotlariga talab ortib bormoqda – Alemarah

19.07.2024 00:00 MARKAZIY OSIYO 5

M1mhrftHp58ZpQ6

foto:aniq.uz

Afg‘oniston Hirotning Torg‘undi quruq porti orqali Markaziy Osiyo davlatlari, xususan Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonga eksport hajmini o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshirgan. Bu haqda Afg‘oniston rasmiylariga tayanib, “Alemerah” rasmiy axborot agentligi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, o‘tgan yili Afg‘oniston yuklarini olib ketayotgan o‘rtacha 15 ta yuk mashinasi port orqali Markaziy Osiyo tomon o‘tgan. Joriy yilda esa eksport sezilarli darajada o‘sib, o‘rtacha 26-30 ta yuk avtomobili o‘tkazilgan.

Eksport qilinadigan mahsulotlar, birinchi navbatda, Hirot sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarilgan mahalliy mahsulotlar, jumladan, salqin ichimliklardan iborat.

“Eksportdagi bu o‘sish Markaziy Osiyoda afg‘on mahsulotlariga talab ortib borayotganini aks ettirib, mintaqadagi savdoni kengaytirish uchun iqtisodiy imkoniyatlar va salohiyatni taъkidlaydi”,

 deydi Alemerahning Afg‘oniston hukumatidagi rasmiy manbasi.

Shu sababli ham o‘tgan hafta Turkmaniston elchisi Xo‘zha Ovezov va Afg‘oniston Tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Torg‘undi vokzalining o‘tkazish imkoniyatini kengaytirish masalasi muhokama qilgan.

O‘tgan yil oxirida esa Hirotda turkmanistonlik hamkasbi Rashid Meredov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Muttaqiy Torg‘undi portida yuklarni tashish kechayu kunduz davom etishiga umid bildirgan.

Avvalroq Qozog‘iston, Turkmaniston va Afg‘oniston Torg‘undida logistika markazi tashkil etishga kelishib olgan edi.

“So‘nggi yillarda Turkmaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi umuman oshdi. Biroq, ushbu mamlakatlardan Afg‘oniston bozoriga eksport qilish savdo munosabatlarida ustunlik qilishda davom etmoqda.

Turkmanistonning Afg‘oniston bilan savdo aylanmasi 2023 yilda 481 million dollarga yetgan va Afg‘oniston bilan tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Qozog‘iston 2030 yilga borib eksport hajmini 40 foizga, transport hajmini esa 3 barobarga oshirishni prognoz qilmoqda”,

deb ёzgan Alemerah.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston va Afg‘oniston 2023 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 6 baravarga oshirib, 266 million dollarga yetkazgandi.

Statistika agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar reytingida Afg‘oniston 5-o‘rinda turibdi. Mamlakatga joriy yilning 5 oyida jami 372 mln AQSh dollarlik tovar eksport qilingan.